Ispaniyalik juftlik qo‘llari kishanlangan holda 101 kilometr yugurib, rekord o‘rnatdi

Ispaniyalik er-xotin noodatiy sinov orqali Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Ular qo‘llari bir-biriga kishanlangan holatda 101 kilometr masofani yugurib bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Juftlik ushbu rekordni o‘rnatish uchun Ispaniya armiyasiga tegishli, tog‘li hududlardan o‘tuvchi murakkab yo‘nalishni tanlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jessika Munyos Parades politsiya xodimi, uning turmush o‘rtog‘i Pelayo Alvares Revuelta esa Ispaniya Fuqarolik gvardiyasida xizmat qiladi. Kasbiy faoliyati davomida jismoniy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratgani sababli, bu sinov ular uchun muayyan darajada tanish bo‘lgan.
Biroq qo‘llarning kishanlangan holda yugurish oson kechmagan. Ishtirokchilar har bir qadamni bir-biriga moslashtirishi, harakat sur’atini muvofiqlashtirishi va sherigining holatini doimiy nazorat qilib borishi kerak edi. Bu esa nafaqat jismoniy chidamlilik, balki o‘zaro ishonch va hamjihatlikni ham talab qilgan.
Musobaqada ular bilan birga startga chiqqan ko‘plab yuguruvchilar belgilangan masofani yakunlay olmagan. Jessika va Pelayo esa sinovni muvaffaqiyatli tugatib, rekord natijani qayd etdi.
Juftlikning aytishicha, ular bu tashabbus orqali huquq-tartibot idoralari xodimlarining faoliyatiga e’tibor qaratish, jamoaviy hamkorlik va o‘zaro ishonchning ahamiyatini ko‘rsatishni maqsad qilgan. Shuningdek, ular erishgan natijasi bilan farzandlariga qat’iyat, sabr-toqat va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik borasida o‘rnak bo‘lishni istashgan.
- #Ginnes rekordlar kitobi
- #Jessika Munyos Parades
- #Pelayo Alvares Revuelta
- #Ispaniya Fuqarolik gvardiyasi
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…