15:15 / 11.07.2017
5 432

Mosulda “Islom davlati” terrorchilik guruhi yo‘q qilindi

Mosulda “Islom davlati” terrorchilik guruhi yo‘q qilindi
Iroq Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, bosh vazir Haydar al-Obodiy Mosulda “Islom davlati” terrorchilik guruhi ustidan nihoyat g‘alaba qozonilganini e’lon qildi. Bu urush 3 yildan ortiq vaqt davom etdi.

“Iroqning buyuk g‘alabasiga janglarda halok bo‘lgan yoki jarohatlangan qahramonlar yordamida erishildi. Biz Iroq bilan elkama-elka turib, terrorizmga qarshi kurashgan, Iroq harbiy xizmat xodimlarini tayyorlagan va logistik tomondan qo‘llab-quvvatlagan butun mamlakatga minnatdorlik bildiramiz”, dedi bosh vazir G‘arbiy Mosuldagi Iroq armiyasining terrorchilikka qarshi bo‘linmasi shtabida so‘zga chiqib.

“Bugun bu erda turib biz terrorchilarning 3 yil oldin tuzilgani Mosulda e’lon qilingan “yolg‘on davlati” yo‘q qilingani haqida xabar beryapmiz. Bu yillar davomida Iroq xalqi bu g‘alabaga erishish uchun harakat qildi va biz bugun aynan shu g‘alabani e’lon qilyapmiz”, deya ta’kidladi al-Obodiy.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Mosulda jangarilar yo‘q qilingandan so‘ng ular oldida turgan birinchi darajali vazifa ozod bo‘lgan hududda barqarorlikni ta’minlash, infratuzilmani qayta tiklash va shaharni tark etgan aholini qaytarishdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida, hukumatning Mosul ustidan nazoratni qayta tiklash bo‘yicha kampaniyasi 2016 yilning 17 oktyabrida boshlangan edi. Iyunda Iroq Qurolli kuchlari Tigr daryosi g‘arbiy sohilidagi shaharning tarixiy qismini ozod etish bo‘yicha opersiyalar o‘z nihoyasiga etganini ma’lum qilgan edi. Bu terrorchilarning shahardagi so‘nggi tayanch nuqtasi edi.

Terrorchilarga qarshi ko‘cha janglarida Iroq Federal polisiyasi otryadlari, Ichki ishlar vazirligi, armiya maxsus kuchlari va armiya birgalikda kurash olib bordi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mosulda “Islom davlati” terrorchilik guruhi yo‘q qilindi