06:03 / 02.08.2017
6 949

Amerikalik sakkiz yoshli qizaloq Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etdi

Amerikalik sakkiz yoshli qizaloq Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etdi
AQShda yashovchi sakkiz yoshli qizaloq oilasi bilan birga Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Roksi Getter (Roxy Getter) mazkur cho‘qqini zabt etgan eng yosh qizaloq bo‘ldi. U erishgan yutuq Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi hozircha noma’lum. Roksi 10 yoshli akasi Ben (Ben) va ota-onasi Bobbi va Sara Getter (Bobby, Sarah)lar bilan birgalikda dengiz sathidan 5895 metr balandlikda joylashgan cho‘qqiga iyul oyida chiqishdi.

Amerikalik oila Tanzaniyada dam olayotganda cho‘qqini zabt etishga qaror qildi. Bobbining aytishicha, ular shunchaki sayohatga otlanishgan. Oilaning do‘sti ularga Kilimanjaroga chiqishni taklif qilgan.

“Roksining cho‘qqini zabt etganiga hamon ishonmayapman. U biror marta charchaganidan nolimadi, to‘xtamay harakat qildi. Men qizimning bu yutug‘idan faxrlanaman”, dedi qizchaning otasi. Cho‘qqiga chiqishda qizchaning akasi ham undan qolishmagan. Yuqorida havo harorati 13 darajadan past bo‘lgan.

Kilimanjaroni 2008 yilda zabt etgan eng yosh alpinist 7 yoshli amerikalik Kits Boyd (Keats Boyd) hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik sakkiz yoshli qizaloq Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etdi