
AQSh IShID terrorchilik guruhi yakson qilingandan keyin Suriyada qolmoqchi emas. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Xizer Nauert ma’lum qildi.
“Bizning maqsad IShIDni mag‘lub etishdir va bundan bo‘lak narsa emas. Biz Suriyani AQSh yoki boshqa kuchlar emas, suriyaliklar boshqarishini istaymiz”, deb aytdi Nauert.
Avvalroq Suriya armiyasi IShIDning Xoms viloyatidagi so‘nggi eng yirik tayanchini bosib olgani ma’lum qilingandi.
Avvalroq “Suriya demokratik kuchlari” vakili Talal Selo Reuters axborot agentligiga amerikalik harbiylar IShID ustidan g‘alaba qozongach, Suriyaning shimolida qolmoqchi ekanligini aytgandi. Uning aytishicha, AQShda “o‘nlab yillar oldinga strategiya mavjud”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar