23:02 / 16.09.2017
14 591

Umar Muxtor — Benito Mussolinining noibi qatl qildirgan “cho‘l arsloni”

Umar Muxtor — Benito Mussolinining noibi qatl qildirgan “cho‘l arsloni”
Bugun, Liviyada Italiya mustamlakasiga qarshi kurashgan va milliy ozodlik harakatlarining mintaqadagi ramzi, “cho‘l arsloni” laqabi bilan mashhur bo‘lgan siyosatchi, ozodlik kurashchisi Umar Muxtor qatl etilganiga 86 yil to‘ldi.

Umar Muxtor 1860 yilda Liviyaning tog‘li hududi hisoblanmish Jabal Ahdarda dunyoga kelgan. U diniy va dunyoviy ta’limini madrasada oldi. Yoshligidan Shimoliy Afrikadagi “sanusiylik harakati”ga a’zo bo‘ldi.

Umar 1899 yilda Chadda boshlangan fransuz mustamlakasiga qarshi qurolli harakatlarda qatnashdi.

Italiya 1911 yilda Liviyaning Tripoli va Bengazi shaharlariga hujum qilgan edi. Bu payt Liviya tuproqlari Usmoniylar imperiyasi hududi hisoblanar edi.

Asli kasbi o‘qituvchi bo‘lgan Umar Muxtorning juda kuchli harbiy taktik bilimlarga ega ekanligi Italiya armiyasini sarosimaga solib qo‘ygandi.

To‘qnashuvlardagi muvaffaqiyati sabab “cho‘l arsloni” laqabini olgan Umar Muxtor 22 yillik ozodlik harakati davrida juda ko‘plab Italiyaning Liviyadagi noiblarini mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Italiyada siyosiy rejim o‘zgargandan keyin hukumat tepasiga kelgan fashist Benito Mussolini 1930 yilda Liviyaga General Rodolf Graziyaniyni noib qilib tayinlaydi.

Rodolf Graziyaniy 1931 yildan boshlab Liviyadagi ozodlik harakati a’zolariga qarshi ayovsiz kurash boshlaydi.

“Sanusiylik harakati” rahbari Umar Muxtor mahalliy aholi tomonidan qilingan xoinlik sabab 1931 yil 11 sentyabr kuni Italiya armiyasi tomonidan Slunta viloyatida qo‘lga olindi.

Umar Muxtor 1931 yil 16 sentyabr kuni sud qarori bilan o‘limga mahkum etildi.

Umar Muxtor vafotidan keyin Rodolf Graziyaniy u haqida shunday deydi: “U o‘rta bo‘yli, soch va soqoli oppoq, ilm va ma’rifatli, harakatchan va bo‘ysunmas bir shaxs edi. U butun boshli “sanusiylik harakati” rahbari bo‘lsa-da, juda faqirona hayot kechirardi”.

Umar Muxtor insoniyat tarixida vatan ravnaqi, uning ozodligi uchun jon fido qilgan millat qahramoni sifatida esga olinadi...

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Umar Muxtor — Benito Mussolinining noibi qatl qildirgan “cho‘l arsloni”