12:40 / 01.10.2017
5 937

Italiya Shimoliy Koreya elchisini haydab yubormoqchi

Italiya Shimoliy Koreya elchisini haydab yubormoqchi
Italiya Tashqi ishlar vaziri Anjelino Alfano La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida hukumat KXDR elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgani haqida aytdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Biz jiddiy qaror qabul qildik — Shimoliy Koreya elchisiga akkreditatsiya muddati to‘xtatiladi. U endi Italiyadan chiqib ketishi kerak»,— degan Alfano.

Sentyabr oyi boshida Shimoliy Koreya o‘z tarixidagi eng yirik yadroviy sinovni o‘tkazgandi va mintaqada navbatdagi inqirozni keltirib chiqardi. AQSh Prezidenti Donald Tramp 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida chiqishi vaqtida rasmiy Pyongyangdan raketalar uchirishni bas qilishni talab qildi. Tramp aks holda AQSh Shimoliy Koreyani «yo‘q qilib yuborishi» mumkinligi bilan tahdid qildi. KXDRning raketa sinovlarini barcha davlatlar qoralaydi, ammo shimolliklar davlati raketa sinovlarini to‘xtatib, tinch muzokaralar o‘tkazmayapti.

Bundan avvalroq Xitoy hukumati shimoliy koreyaliklarning mamlakat hududidagi barcha kompaniyalarini yopishga qaror qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya Shimoliy Koreya elchisini haydab yubormoqchi