13:18 / 11.10.2017
8 596

Hindistonda hayvonot bog‘i xodimi yo‘lbarslarga “yem bo‘ldi”

Hindistonda hayvonot bog‘i xodimi yo‘lbarslarga “yem bo‘ldi”
Hindiston Milliy bog‘ining xodimi oq tusli yo‘lbarsning qurboni bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Hindistonning Bangalor shahridagi milliy bog‘ning Anjaniya ismli qarovuli yirtqich hayvon hujumi natijasida qurbon bo‘ldi. 40 yoshli Anjaniya mushuksimon yirtqichlar qafasining eshigini yopayotgan paytida unga tashlangan yosh yo‘lbars changalidan qutilib qololmagan...

Hayvonot bog‘i xodimlari marhum qarovulni qutqarishga qilgan harakatlari besamar yakunlangan. U ayanchli holatda yo‘lbarslarga “yem bo‘lgan”.

Hindistonda ehtiyotsizlik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida bu kabi ayanchli holatlar tez-tez uchrab turadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda hayvonot bog‘i xodimi yo‘lbarslarga “yem bo‘ldi”