15:10 / 21.10.2017
5 371

Polshada Sobiq Sovet ittifoqi davriga oid haykallarni olib tashlash haqida qaror qabul qilindi

Polshada Sobiq Sovet ittifoqi davriga oid haykallarni olib tashlash haqida qaror qabul qilindi
Qonun 21 oktyabr sanasidan kuchga kiradi. Unda totalitar tuzum targ‘ibotiga oid yuzlab haykallarni bir yil ichida olib tashlash ko‘zda tutilgan.

2016 yilning aprel oyidan boshlab Polshada “Kommunizm yoki boshqa totalitar tuzum targ‘ibotini cheklash” haqidagi qonun kuchga kirgan bo‘lib, unga ko‘ra ko‘cha, maktab, kasalxonalarni kommunizm hamda totalitar tuzum qahramonlari ismi bilan atash taqiqlangan edi. Endilikda yodgorlik, memorial ob’ektlar, kolonna, byust, yodgorlik toshlari, hotira taxtalari, yozuv va belgilar ham olib tashlanadi.

“Ko‘pchilikning ko‘zidan nari bo‘lgan qabristonlarga o‘rnatilgan yodgorlik, san’at namunalari, ilmiy maqsadda ishlangan ob’ektlarni esa mustasno holatida olib qolish uchun ruxsat berildi, deb yozadi “Rbc.ru”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada Sobiq Sovet ittifoqi davriga oid haykallarni olib tashlash haqida qaror qabul qilindi