
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda chegara nazorati kuchaytirilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
«Men Ichki xavfsizlik vazirligiga chegara nazorati dasturimizni kuchaytirish haqida topshiriq berdim. Siyosiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lish yaxshi, lekin bu vaziyatda emas!», — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Amerika prezidentining chegara nazoratini kuchaytirish borasidagi xabari Nyu-Yorkda pikap haydovchisi katta tezlikda velosiped yo‘lagaga bostirib kirib, 8 kishining umriga zomin bo‘lganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirida Donald Tramp AQSHga kirish qoidalarini kuchaytirish borasidagi qarorga imzo chekkan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar