
Nyu-Yorkda terakt sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipovga ayblovlar qo‘yildi. Bu haqda CNN'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Soipov IShID terrorchilik tashkilotiga moddiy yordam taqdim etish, zo‘ravonlik hamda transport vositalariga zarar keltirishda ayblanmoqda.
Federal prokuratura tomonidan qo‘yilgan ayblovda ko‘rsatilishicha, Soipovga IShID videoroliklari ta’sir ko‘rsatgan, u bu roliklarni doimiy tarzda ko‘rib kelgan. Uning telefonlaridan birida esa taxminan 90 ta video topilgan bo‘lib, «ulardan aksariyati – IShID bilan bog‘liq bo‘lgan targ‘ibot».
Huquqni muhofaza qilish idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Soipov teraktni taxminan bir yil muqaddam rejalashtira boshlagan, bunda yuk mashinasini ishlatish haqidagi qarorni esa ikki oy muqaddam qabul qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar