11:43 / 04.11.2017
5 733

Pokistonda yuz bergan ko‘chki oqibatida 8 bola halok bo‘ldi

Pokistonda yuz bergan ko‘chki oqibatida 8 bola halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Garday qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida sakkiz bola halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohatlandi. Bu haqda «AR»ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea Bajor qabilalar mintaqasida sodir bo‘ldi. Hodisa yuz bergan paytda bolalar uylarini mustahkamlash uchun tuproqni yig‘ishayotgan bo‘lgan. Yetti nafar qiz va bir o‘g‘il bola halok bo‘ldi, yana ikki qiz qutqarildi. Bolalar 8 dan 10 yoshgacha bo‘lganlar.

Mahalliy rasmiy Arif Xonning qo‘shimcha qilishicha, qutqaruvchilar uzoq vaqt davomida bolalarni tuproq tagidan chiqarib olish uchun amaliyotni o‘tkazishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda yuz bergan ko‘chki oqibatida 8 bola halok bo‘ldi