Qo‘shma Shtatlar Xitoyni Butunjahon savdo tashkiloti o‘lchovlari bo‘yicha bozor iqtisodiyotiga ega davlat deb hisoblashdan bosh tortadi. Bu haqda AQSh savdo vakolatxonasining 30 noyabr, payshanba kuni tarqatilgan bayonotida ma’lum qilindi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, «davlatning Xitoy iqtisodiyotida asosiy rol o‘ynashi, jumladan, imtiyozlar taqdim etish amaliyotining keng tarqalgani mamlakat ichidagi narxlar bozor qonunlari bilan belgilanmasligini anglatadi».
Mazkur bayonot AQSh savdo vazirligining oktyabr oyidagi shu mazmundagi ma’ruzasidan so‘ng qabul qilindi. Unda Xitoy bozor iqtisodiyotiga ega ekanligini isbotlay olmaganligi bildirilgan.
AQSh Xitoy tomonidan «bozor iqtisodiyotiga ega davlat» maqomining olinishi arzon mahsulotlar G‘arb bozorlariga oqib kelishiga sabab bo‘lishidan xavotirda. Yevropa ham shunday yondashuvni yoqlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi