Ukrainalik muxolif siyosatchi, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili xalq tomonidan hibsdan ozod etilib, Rada tomon yo‘l oldi. Bu haqda «EADaily»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Muqaddam Saakashvili Ukraina rasmiylari uni hibsga olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgan edi. Bugun, 5 dekabr kuni kuch tuzilmalari vakillari uning uyida tintuv o‘tkazdi va ushlab ketishga urindi. Ammo to‘plangan olomon siyosatchini ularning qo‘lidan ozod etdi.
Shundan so‘ng Saakashvili ularga boshchilik qilib Rada binosi oldiga bordi va miting tashkil etdi.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, yig‘ilganlar «Banda yo‘qolsin!» deb qichqirmoqda. Saakashvili xalq oldida chiqish qilmoqda.
«RIA Novosti»ga ko‘ra, Rada atrofida o‘rab olingan, qo‘riqlash kuchaytirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?