17:33 / 14.12.2017
7 469

Putin: Shimoliy Koreya bir necha daqiqa ichida Amerikani yo‘q qilish imkoniyatiga ega

Putin: Shimoliy Koreya bir necha daqiqa ichida Amerikani yo‘q qilish imkoniyatiga ega
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun tashkil etilgan an’anaviy yillik Xalqaro matbuot anjumanida jurnalistlarga javob berish asnosida Shimoliy Koreya masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Shimoliy Koreya 2005 yili yadro qurolini ishlab chiqmaslik haqida o‘zaro shartlashuvga rozilik bildirgan va hujjatga imzo qo‘ygan. Biroq bu amerikalik do‘stlarimizga kamdek tuyildi. Kelishuv shartlarini buzgan holda Shimoliy Koreyaga tegishli hisob-raqamlarni muzlatish, yana turli ko‘rinishdagi sanksiyalarni o‘ylab topishga tushishdi. Shimoliy Koreya ham bu harakatlardan so‘ng xalqaro kelishuvlarni bir chetga surdi-yu, yadro raketalari ishlab chiqarishni davom ettirdi. Mana, endi bugungi ahvolni barcha ko‘rib turibdi. Amerika Kongressi prezident Trampni gij-gijlashda davom etyapti. Shimoliy Koreyaga qarshi jiddiy sanksiyalar ham o‘ylab topildi. Bundan tashqari, Amerika Janubiy Koreya hamda Yaponiya bilan birgalikda Shimoliy Koreya chegarasida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatmayapti. Shu yo‘l bilan go‘yo Kim Chen Inni qo‘rqitmoqchi bo‘lyapti. Do‘stlar, bu g‘irt ahmoqlikdan bo‘lak narsa emas. Hozir Shimoliy Koreya yadro dasturi shu darajada rivojlanganki, Xudo ko‘rsatmasin, Amerika bu mamlakatga hujum uyushtirsa bas, bir necha daqiqa ichida Amerika davlati yo‘q qilinishi muqarrar. Shuning uchun muammoni faqat tinchlik, muzokaralar yo‘li bilan hal etish mumkin…

Jurnalistlardan biri Putinga Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining bugungi ishlari haqida bergan savoliga shunday javob oldi:

— Saakashvili bir paytlar mustaqil Gruziya davlatini boshqargan. O‘shanda ham nimalar qilgani, qanday xatoliklarga yo‘l qo‘ygani hammamizga ma’lum. Bugun esa u Ukrainaga joylashib olib, maydonlarda so‘zga chiqib, «Men ukrainman», deya dunyoga jar solmoqda. Bu ishi bilan ham Gruziya, ham Ukraina xalqining yuziga tuflamoqda. Saakashvilining xurmacha qiliqlariga Ukraina xalqi qanday bardosh beryapti, bilmayman. Shaxsan mening bu xunuk manzaraga qarab turib yuragim qon bo‘lib ketyapti…

Albatta, konferensiya davomida Rossiya rahbari mamlakat va xalqaro muammolar bilan bog‘liq ko‘plab savollarga aniq, lo‘nda javob berishga harakat qildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Shimoliy Koreya bir necha daqiqa ichida Amerikani yo‘q qilish imkoniyatiga ega