00:30 / 25.12.2017
8 567

Ko’p bor farzand dog’ida kuygan ayol birdaniga 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

Ko’p bor farzand dog’ida kuygan ayol birdaniga 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi
Alabamalik Kortni va Erik Valdroplar juftligi farzandli bo’lishga qaror qilib, Kortni homilador bo’lgan paytlari farzandlarini yo’qotaverdi. Ammo Yaratgan yaqindagina ona bo’lgan Kortnining barcha chekkan g’am-u dardi o’rnini bir deganda to’ldirib berdi: ayol 6 nafar egizak farzandlarning onasiga aylandi!

Kichkintoylar homiladorlikning 30 haftasida, barchalari sog’lom holatda dunyoga kelishdi!

Kortni va Erik 2004 yilda turmush qurishgan. 2008 yili ularning to’ng’ich o’g’illari Seylor, oradan 3 yil o’tib, egizaklar Uels va Bridj dunyoga keldi.

Shundan so’ng yana farzand ko’rishga qaror qilgan ona bir necha bor, ketma-ket tarzda homilasidan ayrildi.

Tibbiy muolajalardan so’ng Kortni yana ona bo’lish baxtiga erishishi va endilikda uning vujudida bir emas, olti nafar farzandi hayot bilan yuzlashish uchun ulg’ayayotganidan xabar topdi.

Juftlik mazkur xushxabardan behad quvondilar, ammo bolalarga muddatidan avvalgi tug’ruq xavfi changal solib turardi.
Homiladorlikning 30 haftasida kesarcha kesish usuli bilan Kortnining 6 nafar egizagi olam yuzini ko’rdi. Egizaklarning 3 tasi qiz, 3 tasi esa o’g’il!

Xabarda aytilishicha, baxtli ota-onalar o’g’illariga Leyk Brayers, Blyu Vellington va Teg Brayker, qizlariga esa Rivers Makkoll, Rayni Makkoy va Roulings Makkleyn deb ism berishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko’p bor farzand dog’ida kuygan ayol birdaniga 6 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi