14:33 / 26.12.2017
5 970

AQSHdagi yadroviy sinovlar 700 ming kishini hayotdan olib ketgani ma’lum qilindi

AQSHdagi yadroviy sinovlar 700 ming kishini hayotdan olib ketgani ma’lum qilindi
Olimlar AQSHda 1951-1973 yillar davomida o’tkazilgan yadroviy sinovlar natijasida halok bo’lganlar sonini aniqlashdi va ushbu ko’rsatkich 695 mingga yetdi. Arizona universiteti olimlarining ta’kidlashlaricha, atmosfera, tuproq va suvga tushgan radioaktiv zarralar keyinchalik oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidan ham topilgan.

Xabarda aytilishicha, AQSHdagi eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo’lmish sut ham radiatsion zaharlanishga duchor bo’lgan. Tadqiqotchilar halokat hududi – butun mamlakat ekanligini qayd etdilar.

AQSHda o’tkazilgan yadroviy sinovlardan olingan zarar shu shungacha hisoblab chiqilmagan. Biroq onkolog va atrof-muhit himoyachilari yer, havo va oziq-ovqat mahsulotlariga tushgan radioaktiv zarralar millionlab insonlarning o’limiga sabab bo’lganini ta’kidladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHdagi yadroviy sinovlar 700 ming kishini hayotdan olib ketgani ma’lum qilindi