«Tolibon» radikal harakati jangarilari Afg‘oniston hududining 70 foizida ochiq harakatlanmoqda. Bundan BBC tadqiqoti natijalari darak bermoqda, deydi Kun nashri.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar mamlakatning 14 tumanini to‘la nazorat qiladi va yana 263 tumanda muntazam ravishda faollik ko‘rsatadi. Ular bir haftaning ichida ikkitadan teraktni amalga oshiryapti. Terrorchilik xurujlarining aksariyati Nangarxor sharqiy viloyati hududida sodir etilmoqda. Yana 122 tuman hukumat nazorati ostida, biroq jangarilar hujumiga uchraydi.
Nashrning ta’kidlashicha, mintaqada keskinlik darajasi 2014 yildan so‘ng oshdi, o‘shanda Afg‘onistondagi xavfsizlikka ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Xalqaro kuchlar mamlakat hududida o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi.
Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, taxminan 15 million kishi – Afg‘oniston aholisining yarmi toliblar nazorati ostidagi tumanlarda yoki doimiy hujumlar ro‘y beradigan joylarda yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi