
Somali poytaxti Mogadisho shahrida yuz bergan teraktlar tufayli kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TRT World”ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Xabar qilinishicha, teraktlar prezident qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda yuz bergan. Ikkita avtomobil portlatilgan, shundan so‘ng terrorchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan otishmani yuzaga keltirgan.
Teraktlar uchun mas’uliyatni “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq Somali poytaxti Mogadishoda 23 fevral kechki payt sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar