16:15 / 04.03.2018
4 055

Xitoyda oilalarga uchinchi farzandni ko‘rishga ruxsat berilishi mumkin

Xitoyda oilalarga uchinchi farzandni ko‘rishga ruxsat berilishi mumkin
Xitoyda qonun chiqaruvchilar oilalarga uchinchi farzandni ko‘rish uchun ruxsat berishi mumkin. Tegishli masalani ular shu yil martda Butunxitoy xalq vakillari majlisining yillik sessiyasida muhokama qiladi, deb yozadi “Daryo”.

Taklifni Guandun provinsiyasi vakili Chju Leyuy ilgari surgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oilalarni rejalashtirish siyosati tufayli Xitoy tug‘ilish darajasi past bo‘lgan mamlakatga aylanib qolishi mumkin.

“‘Bir oila — bir bola’ siyosatining bekor qilinishidan kutilgan natijalar va buning samarasi o‘rtasida katta farq bor, bu aholining shitob bilan o‘sishiga emas, aksincha, tug‘ilish darajasining pasayishiga olib keldi”, — deya aniqlik kiritdi Chju Leyuy.

Davlat statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Xitoyda 17,23 million bola tug‘ilgan, bu 2016 yilga nisbatan 630 ming nafarga kam demakdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda oilalarga uchinchi farzandni ko‘rishga ruxsat berilishi mumkin