date

9 yoshli bola XXR rahbaridan Putinga o‘xshashini so‘radi

9 yoshli bola XXR rahbaridan Putinga o‘xshashini so‘radi

9 yoshli xitoylik bolakay Nyu Sziju Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpinga uning Rossiya prezidenti Putinga o‘xshashini xohlashi haqidagi mazmunda xat yozdi. O‘quvchining fikricha, buning uchun “Si amaki” ortiqcha vazn tashlashi kerak.

“Si amaki, siz biroz vazn tashlay olasizmi? Siz Obamaga o‘xshab ozg‘in bo‘lishingiz kerak emas. Siz Vladimir Putinga o‘xshashingiz kerak”, – deb yozdi bolakay.

Biroq xat Si Szinpinga yuborilmadi, ammo bolaning otasi bu xatni kulgili hisoblab, uni tarmoqda chop etdi. Nyu Szijuning ota-onasi bolakayning bu xatiga bunchalik jiddiy e’tibor beriladi deb kutishmagandi. Bolakay o‘qiydigan Xalqaro maktabdagi o‘qituvchisi buni o‘quv topshirig‘i edi, deya tushuntirdi.
“Bu bayon o‘quvchilarga uyga topshiriq qilib berilgandi. Nyu yaxshi o‘quvchi. Biz o‘z maktabimizda fikrlarni erkin bayon qilinishini qarshilaymiz”, – deb aytdi Nyuning ustozi Eylin Van.

Biroq bir necha kundan so‘ng xat va unga bo‘lgan barcha havolalar Xitoy senzura idoralari tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlandi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 9 yoshli bola XXR rahbaridan Putinga o‘xshashini so‘radi