"3 kunda davolaymiz": tibbiy xizmatlar reklamasidagi va’dalarga ogohlantirish berildi

Tibbiy xizmatlarni reklama qilishda iste’molchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan va’dalar ko‘paygani sababli Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni ogohlantirdi. Ayniqsa, davolash natijasini kafolatlaydigan yoki xizmatni mutlaq xavfsiz deb ko‘rsatadigan reklamalarga e’tibor qaratilmoqda.
Qo‘mita so‘nggi paytlarda tibbiy xizmatlar reklamasida quyidagi kabi iboralar uchrayotganini qayd etdi:
"Kasallikdan bir umrga xalos qilamiz";
"Mutlaqo xavfsiz";
"3 kunda davolaymiz";
"Hech qanday nojo‘ya ta’siri yo‘q".
Muhim jihat: davolash natijasini kafolatlash yoki tibbiy xizmatni "mutlaqo xavfsiz" deb reklama qilish qonunchilikka zid bo‘lishi mumkin. Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni tibbiy xizmatlarga oid reklama materiallarini amaldagi qonunchilik talablariga moslashtirishga chaqirdi.
Chunki reklamadagi aniq va’da yoki kafolat iste’molchida xizmat natijasi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi mumkin.
Tibbiy xizmat tanlashda reklamadagi "tez", "100 foiz", "mutlaqo xavfsiz" kabi va’dalarga emas, xizmat haqidagi ishonchli ma’lumotlarga e’tibor qaratish muhim.
Raqobat qo‘mitasi esa tadbirkorlarni iste’molchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan reklamalardan voz kechishga chaqirdi.































Izohlar 0
…