Janubiy Koreya prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon xabariga ko‘ra, u bilan muzokaralar olib borgan KXDR yetakchisi Kim Chen In raketa va yadroviy sinovlarni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.
“Men AQSH prezidenti Donald Trampga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv chog‘ida u yadro qurolidan xoli hududga aylanish bo‘yicha pozitsiyaga ega ekanini aytgani haqida ma’lum qildim. Kim Shimoliy Koreya bundan keyin yadroviy hamda raketa sinovlaridan tiyilishiga va’da berdi”, - deya aytib o‘tdi Chon Iy Yon.
Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH prezidenti Donald Trampga uchrashuv o‘tkazish taklifini yo‘llagani xabar berilgandi. Tramp Kim Chen Inning may oyigacha uchrashish taklifiga rozilik bergan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon Tramp bilan muzokaralardan keyin ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi