Musulmonlar Germaniya jamiyatining ajralmas qismi, shunday ekan islom dini ham biz uchun begona emas. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri – Angela Merkel Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Leven ishtirokida o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deyiladi O‘zA xabarida.
Merkel bunday izohni Germaniya Ichki ishlar vaziri Xorsta Zeyexoferaning “Islom uchun Germaniyada joy yo‘q”, deya bildirgan fikrlariga raddiya sifatida keltirgan.
Kanslerning qayd etishicha, xristian va iudaizm dini vakillari mamlakatning tarixiy rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lsa-da, bugun Germaniyada 4 millionga yaqin musulmonlar istiqomat qilmoqda. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotida musulmonlarning ham ulushi bor.
Siyosatchi, shuningdek, hukumat bir narsani – Islomning davlat Konstitutsiyasiga zid o‘laroq harakat qilishini istamasligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi