5 932
[size=1]Foto: “RIA Novosti”[/size] Rossiyaning Yekaterinburg shahri markazidagi qurib bitkazilmagan 220 metrli teleminora qator tortishuvlardan keyin nihoyat portlatish yo‘li bilan [url=https://www.xabar.uz/jamiyat/220-metrli-teleminora-portlatildi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiyaning Yekaterinburg shahri markazidagi qurib bitkazilmagan 220 metrli teleminora qator tortishuvlardan keyin nihoyat portlatish yo‘li bilan buzib tashlandi.
Portlatishdan oldin texnik mutaxassislar aholini va atrofdagi binolar egalarini shahardagi eng baland minoraning qulatilishi haqida ikki marta ogohlantirishgan.
Ammo juda ko‘p yekaterinburgliklar bu minoraning buzilishiga qarshi bo‘lganlar va ularning nazarida shaharning ramziga aylanib ulgurgan inshootning saqlanib qolishi uchun hatto prezident Putinga ham murojaat qilishgan. Bundan tashqari ko‘pchilik bo‘lib maxsus petitsiya uyushtirishgan, 22 mart kuni esa “Teleminoramizni quchamiz” aksiyasi o‘tkazilgan. Aksiya ishtirokchilari orasida Yekaterinburg meri Yevgeniy Royzman ham bo‘lgan. Hatto uch kishi teleminoraga chiqib olib shu tarzda noroziligini bildirgan va buzilish masalasini maxsus referendumda hal etishni talab qilishgan.
Shunga qaramay 1983 yilda qurilishi boshlangan va 1991 yilda moliyaviy muammolar tufayli to‘xtab qolgan teleminora portlatib yuborildi va voqea shohidlari bu jarayonni videotasvirga olishdan o‘zga choralari qolmadi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi