KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ma’lum qilishicha, Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatmoqda, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopmoqda. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga asosan Kun nashri xabar berdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining yalpi majlisida shunday bayonot bilan chiqdi.
«Shimoliy Koreya 21 apreldan yadroviy sinovlar va qit’alararo ballistik raketalar uchirishni to‘xtatadi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Kim Chen Inning e’lon qilishicha, hukumat mamlakat shimolidagi yadro poligonini yopadi, bu sinovlarni to‘xtatish borasidagi va’dalar tasdiqlovi sifatida yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «yaqin haftalar ichida» uchrashishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi