19:30 / 09.05.2018
5 080

Lo‘li «kinna chiqaraman deb» o‘zbekistonlik ayolning 800 dollarlik taqinchoqlarini olib qo‘ydi

Lo‘li «kinna chiqaraman deb» o‘zbekistonlik ayolning 800 dollarlik taqinchoqlarini olib qo‘ydi
2 may, chorshanba kuni Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tumanidagi Gorelovo qishlog‘ida firibgar lo‘li ayol o‘zbekistonlik ayolni aldab 50 ming rubl (qariyb 800 dollar) pulini oldi, deb yozadi Sputnik'ga tayanib Hordiq nashri.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, firibgar ko‘chada 32 yoshli ayolni to‘xtatib, «kinna chiqarish»ni taklif qilgan. U «tekkan ko‘zni olib tashlash» uchun xususiy firmada bosh buxgalter bo‘lib ishlovchi o‘zbekistonlik ayoldan unga barcha qimmatbaho taqinchoqlarini berishni talab qilgan. Lo‘li 35 santimetrlik tilla zanjir, tilla kulon va tilla ziraklarni olib, ro‘molga tuggan va «duo»larni pichirlab o‘qigan. So‘ng bo‘m-bo‘sh ro‘molni qaytargan. Jami zarar 51 ming rublni tashkil qilgan.

Jabrlanuvchi voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlariga jinoyatchini tasvirlab berdi. Ayni paytda tekshiruv o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lo‘li «kinna chiqaraman deb» o‘zbekistonlik ayolning 800 dollarlik taqinchoqlarini olib qo‘ydi