11:58 / 15.05.2018
7 270

Jan Klod Van Dam: “Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar juda aqlli edi! U insonlar uchun nima yaxshiligini bilgan»

Jan Klod Van Dam: “Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar juda aqlli edi! U insonlar uchun nima yaxshiligini bilgan»
Dunyoga mashhur aktyor va jang san’ati ustasi Jan Klod Van Damm arab telekanali orqali chiqish qilib, inson uchun sog‘lom ovqatlanishning ahamiyati haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, musulmonlarning sog‘lom ovqatlanish borasidagi an’analariga Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davrida asos solingan bo‘lib, o‘z sog‘lig‘i uchun qayg‘uradiganlarga juda qo‘l keladi.

«Qarang, Islomda ovqatlanishga doir qanday ko‘rsatmalar berilgan… Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) juda aqlli inson bo‘lgan. U odam uchun nima yaxshiligini bilardi. Shu sababli mendan sog‘lom ovqatlanish haqida so‘ramang. Shunchaki tarixga nazar soling, nimaiki kerak bo‘lsa, u yerdan topasiz», – dedi Van Damm.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jan Klod Van Dam: “Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar juda aqlli edi! U insonlar uchun nima yaxshiligini bilgan»