Meksikada yashovchi 70 yoshli Mariya de la Luz homiladorlikning oltinchi haftasida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Ayol jurnalistlarga homiladorligini tasdiqlovchi UTT natijalarini ko‘rsatgan. Biroq rekord o‘rnatish uchun rasman hujjatlashtirish kerak bo‘ladi.
«Menga farzandimni qizaloq deb aytishdi. Qarang UTT qog‘ozida uning mitti yuzi ko‘ringan», — deydi ayol.
U qanday qilib homilador bo‘lgani haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmagan.
Mariyaning aytishicha, u uch oy oldin o‘zini juda yomon his qilgan.
«Oyoqlarim og‘rib, boshim aylanar va ko‘nglim aynidi. Shifokorlar 10 marta UTTda tekshirib, homilador ekanligimga ishona olmadi», — deydi u.
Bu Mariyaning sakkizinchi farzandi. Uning katta farzandlari bu xabardan unchalik xursand bo‘lmagan. Sababi ular onasi farzand ko‘rish yoshida emasligi bois undan xavotir olmoqda.
Agar Mariya farzandini eson-omon dunyoga keltirsa, u 66 yoshida farzand ko‘rgan ispaniyalik ayolning rekordini yangilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Sharmandaga shahar keng
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?