Shahzoda Garrining rafiqasi qirollik qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi
1 daqiqa o'qish4.5K

Megan Markl «Trooping of the Colour» an’anaviy parad va qirolicha Yelizaveta II ning tug‘ilgan kuniga yelkasi ochiq ko‘ylakda tashrif buyurdi. Vaholanki, bunday tadbirga badanni ko‘rsatib turuvchi ochiq liboslar kiyish qirollikda qat’iyan taqiqlangan. Qolaversa, bu qirollik etikasiga umuman zid hisoblanadi.
Ilgari ham gersoginya Markl bir necha marotaba qirollik etikasiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni sodir etgan. Masalan, bir tadbirda Garrining qo‘lini tutgan holda turgan bo‘lsa, boshqa bir safar olomon orasidan dastxat so‘ragan qizaloqning iltimosini rad eta olmagandi. Aytishlaricha, qirollik a’zolari rasmiy hujjatlargagina imzo qo‘yish huquqiga ega. Rasmiy tadbirlarda erining qo‘lidan tutish ham qirollik etikasiga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli ham u Yelizaveta xonimning tanqidiga uchragan.

- #Megan Markl
- #Trooping Of The Colour
- #Qirolicha Yelizaveta
- #Tug'ilgan Kuni
- #Qirollik Etikasi
- #Ochiq Liboslar
- #Badanni Ko'rsatish
- #Rasmiy Hujjatlar
- #Tanqidga Uchramoq
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…