
Xitoydagi Kanas ko‘li bo‘yida joylashgan yovvoyi tabiat bog‘ining xodimi Van Sinan ko‘lda anchagina katta o‘lchamga ega sirli mavjudot suzib yurganini videoda qayd qilgan. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qilmoqda.
Sinanning ta’kidlashicha, u bir qismi suv ustida ko‘ringan mahluqni kuzatgan.
“Men bu to‘lqinlar bo‘lgan deb o‘ylamayman, chunki ular oqimga qarshi harakatlangan”, deb aytgan u muxbirlarga.
Bog‘ direktori Sun Szidanning taxmin qilishicha, videoga ko‘lda yashovchi yirik dengiz jonzotlaridan biri muhrlangan.
Ma’lum qilinishicha, may oyida bir necha sayyohlar ko‘lda suv ostida sekin harakatlanayotgan mavjudotni ko‘rishganini ta’kidlashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar