Donald Tramp bayonot berib Vladimir Putin o‘zi uchun raqib, ammo dushman emasligini aytdi. AQSh prezidenti tez orada Rossiya prezidenti bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi haqida jurnalist tomonidan berilgan savolga javob berar ekan shunday dedi. «U mening do‘stim emas – men uni yaxshi bilmayman, ammo u mening dushmanim emas – u shunchaki Rossiya prezidenti», – dedi Tramp.
Amerika rahbari shu bilan birga Putin ehtimol do‘st bo‘lib qolishi mumkinligini ta’kidladi, hamda Rossiya prezidenti bilan uchrashuv Yevropa bo‘ylab tashrifi davomidagi eng yengili bo‘lishiga umid bildirdi. Trampning aytishicha bo‘lajak uchrashuvdan NATO bo‘yicha ittifoqchilar xursand bo‘lgan.
Qrim Rossiyaning bir qismi ekanini tan olish borasidagi savolga javob bergan Tramp yana bir bor yarim orolning anneksiyasi o‘tmishdoshi Barak Obamaning hukmronligi davrida bo‘lib o‘tganligini eslatib o‘tdi. «Men shunday bo‘lishiga yo‘l qo‘yarmidim? Yo‘q, yo‘l qo‘ymasdim. Endi Qrim bilan nima bo‘lishini, men ayta olmayman. Men Qrim bilan bog‘liq vaziyatdan qoniqmayman», –dedi Tramp.
Rosiya va AQSh prezidentlarining uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tadi. Vladimir Putin va Donald Tramp ikki tomonlama hamkorlik, qurollar ustidan nazorat, Suriyadagi majarolar, shuningdek Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi.
Manbach: Tnews.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi