Turkiyaning “Gulspor” futbol klubi yoshlar tarkibidagi 18 nafar futbolchisini sotib yuborib, ulardan tushgan 15 ming lira mablag‘ga 10 ta echki sotib oldi. Bu haqda “Tribune Dergi”ning “Twitter”dagi sahifasida e’lon qilingan.
Jamoa rahbariyati echki sutini sotish orqali 5 ming lira ishlab topmoqchi. Ta’kidlanishicha, barcha tushumlar klubning muhim ehtiyojlari uchun sarflanadi.
“Gulspor” rahbari Kenan Buyuklebeb “CNN”ga bergan intervyusida jamoaning manfaatini ko‘zlab ish tutganini aytgan. “Bizning daromadimiz oshadi. Biz jamoaning foydasini ko‘zlab ish tutdik, mamlakatdagi ishlab chiqarishga ham o‘z hissamizni qo‘shdik”,-degan u.
Shuningdek, u echkilarni ko‘paytirishlarini va olti yildan so‘ng echkilar soni 140 taga yetishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi