19:05 / 20.08.2018
3 869

Bayramga kelayotgan o‘zbeklar Rossiya chegarasida ushlab qolindi (video)

Bayramga kelayotgan o‘zbeklar Rossiya chegarasida ushlab qolindi (video)
Kuni kecha Rossiyaning Omsk viloyati Cherlaksk tumanidagi “Olxovka” chegara postida o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar bo‘lgan 10 ta avtobus to‘xtatib qolingan.

O‘zbekiston va Tojikistondan borgan migrantlar – erkaklar, ayollar va bolalar Qurbon hayitini uylarida nishonlash uchun yo‘lga tushganlar. Aytishlariga qaraganda, ular 16 avgustdan beri chegarada qolyaptilar.

Nega to‘xtatib qolinganlariga hech kim izoh bermagan. Faqatgina avtobus tekshiruvdan o‘tkazilayotganini aytishgan.

Chegara postida 10 ta avtobusda jami 500 nafarga yaqin odam qiynalyapti. Ulardan 17 nafari bolalar, shu jumladan, bir nafar emzikli go‘dak. Odamlar oziq-ovqat va ichimlik suvi yo‘qligidan shikoyat qilyapti. Biroq, chegara xodimlari avtobusni kunduz vaqtda bittadan qo‘yib yuborishlarini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayramga kelayotgan o‘zbeklar Rossiya chegarasida ushlab qolindi (video)