Fransiyaning boks boʻyicha 2 karra chempioni Tarik Sohibiddin Myunxendan Parijga parvoz qilayotgan samolyotni qoʻlga olmoqchi boʻlgan yoʻlovchini zararsizlantirdi.
Jurnalist Arno Romeroning Facebookʻda maʼlum qilishicha, bezori yoʻlovchi tajovuzkorlik koʻrsatib, uchuvchilar kabinasiga kirib, samolyot yoʻnalishini oʻzgartirishga majburlamoqchi boʻlgan. Shunda 46 yoshli sobiq bokschi 2 nafar yoʻlovchi yordamida bezorini polga yiqitib, uning qoʻl-oyoqlarini bogʻlab qoʻygan.
Samolyot Sharl-de-Goll nomidagi aeroportga qoʻngach, bezori politsiyaga topshirilgan. Taʼkidlanishicha, u psixiatrik tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Kelib chiqishi marokashlik boʻlgan Sohibiddin professional boksdagi faoliyatida 23 ta jang oʻtkazib, 12 ta gʻalabaga erishgan va 11 marta magʻlubiyatga uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin