2 ta mashinalik joyga 16 ta avtomobil: O‘zbekistonda noodatiy avtoturargoh

2 ta mashinalik joyga 16 ta avtomobil: O‘zbekistonda noodatiy avtoturargoh

Smart Parking Solution kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan mazkur tizim kompaniya ta’sischisi Sherzod Shukurovning ma’lum qilishicha, atigi ikki avtomobil sig‘adigan maydonda 16 ta mashinani joylashtirish imkonini beradi. Bunday mexanizatsiyalashgan avtoturargohlar cheklangan hududdan samarali foydalanish uchun qo‘llanadi.

Tizim deyarli to‘liq avtomatlashtirilgan. Haydovchi avtomobilni maxsus platformaga qo‘yadi, kamera davlat raqamini aniqlaydi. Shundan so‘ng markaziy lift avtomobilni kerakli qavatga ko‘tarib, bo‘sh joyga joylashtiradi.

Avtomobilni qaytarib olishda esa foydalanuvchi Face ID orqali aniqlanishi va tizim mashinani avtomatik tarzda pastga tushirib berishi ko‘zda tutilgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bitta shunday avtoturargohni o‘rnatish qiymati taxminan 120–125 ming dollarni tashkil etadi. Undan foydalanish narxi oyiga 1–1,2 million so‘m, soatbay tarif esa 12 ming so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Yakuniy narx avtoturargoh joylashgan hududga qarab belgilanadi.

Loyiha hozircha sinov tariqasida ishlamoqda. Uning O‘zbekistonda ilk bor joriy etilgani haqidagi ma’lumot kompaniya vakilining bayonotiga asoslangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar