Qarshidagi maktabda qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Qarshidagi maktabda qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi qizlar o‘rtasida janjal yuz berdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda bir guruh o‘quvchi qizlarning o‘zaro tortishib, bir-birini haqorat qilgani va sochidan tortgani ko‘rinadi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilgan. Unda videoda aks etgan voqea ishtirokchilari H.L., R.R., R.M. va B.M. ekani aniqlangan.

Shundan so‘ng o‘quvchilar va ularning ota-onalari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirilib, janjalning kelib chiqish sabablari hamda voqea tafsilotlari o‘rganilgan. Ishtirokchilardan tegishli tushuntirishlar olingan.

Qayd etilishicha, holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar Qarshi shahar IIBga yuborilgan. Hozirda vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surishtiruv yakunlari va aniqlangan holatlarga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berilishi kutilmoqda. Maktab ta’limi boshqarmasi ham o‘rganish jarayonini nazoratga olgan.

Holat bo‘yicha yakuniy xulosa surishtiruv ishlari tugaganidan so‘ng ma’lum qilinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar