Yaponiyada 90 daqiqalik uyqu musobaqasi o‘tkaziladi

Yaponiyada 90 daqiqalik uyqu musobaqasi o‘tkaziladi

Yaponiyaning Tokio shahrida ishtirokchilardan 90 daqiqa davomida imkon qadar sifatli uxlash talab qilinadigan noodatiy musobaqa o‘tkaziladi.

Musobaqani Yaponiyaning Koala matras kompaniyasi tashkil qilmoqda. Tadbir 5 oktyabr kuni Tokioning Minato tumanidagi Share Green Minami Aoyama majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqa davomida uchta 90 daqiqalik “poyga” tashkil etiladi. Har bir bosqichda taxminan 20 nafar ishtirokchi qatnashadi. Talabgorlar soni ko‘p bo‘lsa, ishtirokchilar qur’a orqali tanlanadi.

Ishtirokchilarning uyqu jarayoni maxsus kuzatuv vositalari yordamida baholanib, kim eng yaxshi natija qayd etgani aniqlanadi.

Musobaqaning bosh sovrini 2,22 million iyena, ya’ni taxminan 14 ming dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etadi.

Demak, bu musobaqada yugurish yoki kuch sinashish shart emas. Ishtirokchilardan bor-yo‘g‘i yaxshi uxlash talab qilinadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar