Rossiya HKK Idlib shahridagi qurollangan guruhlar joylashgan hududlarda bir yil ichidagi eng yirik bombardimonni boshladi, deb xabar berdi Kun.uz Al-Masdar Newsʻga tayanib.
Ularning maʼlumot berishicha, harbiy harakatlarda “Su” samolyotlari qatnashmoqda. Xabarga koʻra, bombardimonchi samolyotlar shaharning janubiy va gʻarbiy tumanlari boʻylab 50 ga yaqin aviazarba bergan.
Reuters agentligining bildirishicha, muxolifat vakillari va kuzatuvchilar ham Suriya hududida rossiyalik harbiylar bombardimonni amalga oshirishganini xabar qilishgan.
Rossiya mudofaa vazirligi operatsiya boshlangani haqida hozircha rasmiy xabar tarqatmagan.
Avvalroq, 4 sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Idlib viloyatida Rossiya va Eron qoʻshinlarining harbiy harakatlar boshlashi Suriya uchun jiddiy gumanitar halokatga aylanishi mumkinligini bildirgandi. Uning soʻzlariga koʻra, yuz minglab kishilar halok boʻlishi mumkin.
Idlib Suriyaning jangarilar nazorati ostida boʻlgan oxirgi shahridir. Mazkur hudud uchun janglar 2011 yildan buyon davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi