19:47 / 18.09.2018
4 999

Mashhurlar soatiga qancha pul ishlashadi? (infografika)

Mashhurlar soatiga qancha pul ishlashadi? (infografika)
Birovning pulini sanash yaxshi emas, biroq “Business Insider” portali shunga jazm etib, taniqli shou-biznes vakillaridan tortib biznesmenlargacha qancha pul topishini erinmay hisoblab chiqdi. Buning uchun “Forbes” roʻyxatidan foydalanildi: mashhurlarning oxirgi bir yildagi (2017-2018 yillar) daromadlari 365 kunda necha soat boʻlsa, shunga boʻlib chiqildi deb yozadi Xabar.uz nashri.

Aktyorlar, qoʻshiqchilar, sportchilar

Shou-biznes vakillari roʻyxatini soatiga 27 283 dollar ishlagan aktyor va rejissyor Jorj Kluni boshqarmoqda. Kluni “Forbes”ning “Eng boy aktyorlar” roʻyxatida ham yetakchi boʻlganini yaqinda xabar qilgandik. Uning 2017-2018 yillardagi jami daromadi 239 mln. dollar, deb yozmoqda “Business Insider”.

Koʻp pul ishlash bobida 21 yoshli Kayli Jenner ikkinchi oʻrinda — soatiga 19 006 dollar.

Uchinchi oʻrinda — Dueyn Jonson (bir soatda — 14 155 dollar).

Qolganlar quyidagi roʻyxatda:

Biznes

Biznesmenlar roʻyxatini esa faoliyatini kitob sotishdan boshlagan “Amazon” asoschisi va rahbari Jeff Bezos boshqaryapti (mana sizga kitobning foydasi!). Bezos bir soatda 4 474 885 dollar pul ishlab topadi.

Bezos 2013 yili “The Washington Post” nashrini 250 million dollarga sotib olgandi. “Vashington post” qanchalik nufuzga egaligini tushuntirish ortiqcha, ammo Bezos shu ulkan mediasaltanatni qoʻlga kiritish uchun yetgulik pulni 55 soatda ishlab topadi…

Soatiga 1 712 328 dollar ishlab topuvchi Mark Sukerberg (“Facebook” asoschisi) ikkinchi oʻrindan joy oldi.

Boshqalar ham asosan axborot texnologiyalari kompaniyalarining asoschilari va rahbarlari:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhurlar soatiga qancha pul ishlashadi? (infografika)