
3 oktyabr kuni ayrim OAVda Gulnora Karimovaning Oʻzbekiston qamogʻidan ozod etilib¸ Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
“Turon24”ning aniqlik kiritishicha, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ayni paytda Oʻzbekistonda va qonunda nazarda tutilgan jazoni oʻtamoqda.
Axborot agentligining yozishicha, Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga joylashgan Gulnora Karimova aslida boshqa boʻlib, OAV uni Islom Karimov qizi bilan adashtirishgan.
Rossiyalik oligarx, “Anji” klubi xoʻjayini Suleyman Kerimovning qizi ham Gulnora Kerimova boʻlib, Dubayda aynan uni kutib olishgan. U 1990 yilda Dogʻistonda tugʻilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar