Saudiya Arabistonida ming metrlik dunyodagi eng baland bino qurilishi rejalashtirilmoqda

Saudiya Arabistonida ming metrlik dunyodagi eng baland bino qurilishi rejalashtirilmoqda

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Jeddah Tower qurilishi davom etmoqda. Osmono‘par binoning balandligi 1 000 metrdan oshishi rejalashtirilgan.

Agar loyiha reja asosida yakunlansa, Jeddah Tower hozirgi dunyodagi eng baland bino — Dubaydagi Burj Khalifadan qariyb 200 metr balandroq bo‘ladi.

Jeddah Tower tarkibida ofislar, mehmonxona, turar joylar va savdo maydonlari joylashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, binoda dunyodagi eng baland kuzatuv maydonlaridan biri bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Burj Khalifa — 828 metr

Jeddah Tower — 1 000 metrdan ortiq

Qurilish yakunlangach, Jeddah Tower 1 kilometr balandlik chegarasidan oshgan dunyodagi ilk osmono‘par binoga aylanishi mumkin. Binoni 2028 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar