1,4 million dollarga sotilgan kartina oʻz-oʻzini yoʻq qildi (video)

1 daqiqa o'qish4.2K
1,4 million dollarga sotilgan kartina oʻz-oʻzini yoʻq qildi (video)
Dunyoga oʻzining yashirin hayot tarzi va hozirgi zamonning eng dolzarb muammolarini aks ettiruvchi rasmlari bilan mashhur boʻlgan Benksi ismli rassom yana bir tomosha koʻrsatdi.
Masalan, Parijdagi Suriyadan qochib kelgan migrantlar yashaydigan hududda chizilgan “Suriyalik migrant oʻgʻli” rasmi ham katta shov-shuv boʻlgan edi.
1,4 million dollarga sotilgan kartina oʻz-oʻzini yoʻq qildi (video)
Benksi odatda graffiti uslubida koʻcha devorlarida rasm chizadi, lekin 5 oktyabr kuni ilk bor uning “Havo shari ushlab turgan qiz bola” kartinasi Londondagi mashhur auksionda sotilishi kerak edi.

Qogʻozga akvarel boʻyoqlar bilan chizilgan kartinaning narxi 250-300 ming dollar atrofida belgilangan edi. Lekin savdo boshlanganidan keyin uning narxi keskin oshib ketdi va u 1 mln. funtga (1,4 mln dollargacha) sotildi. Lekin auksion boshlovchilsi “Bir, ikki, uch – sotildi” deyishi bilanoq...

Rasm ramkasi ichida oʻrnatilgan yashirish shreder ishlab ketdi va kartina oʻz-oʻzini mayda boʻlaklarga qirqib tashladi.

Bu albatta Benksi tomonidan uyushtirilgan navbatdagi ajoyib tomosha boʻldi. Benksining oʻzi ushbu hodisani Pikasso aytgan mashhur soʻzlar bilan izoh qoldirgan: “Yoʻq qilishga boʻlgan ishtiyoq ham ijodiy istak”.

Instagramda Benksining muxlislari ushbu hodisani bu “Qimmat kartinalarni sotib olib oʻyida bir oʻzi tomosha qiladigan boylarga qarshi aksiya” deb atashdi. Boshqalar esa, “Benksi hozirgina ushbu kartina narxini bir necha barobarga oshirdi” deb izoh qoldirishdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?