20:26 / 13.10.2018
4 481

OAV: Xoshxojining o‘ldirilish jarayoni uning Apple Watch’iga yozilib qolgan

OAV: Xoshxojining o‘ldirilish jarayoni uning Apple Watch’iga yozilib qolgan
Saudiyalik jurnalist Jamol Xoshxojining so‘roq qilinishi va o‘ldirilish jarayoni uning Apple Watch soatiga yozilib qolgan, deb xabar berdi Kun nashri Turkiyaning Sabah gazetasiga tayanib.

Nashrning ma’lum qilishicha, Xoshxoji konsullik binosiga kirishidan oldin qaylig‘iga iPhone’ini qoldirgan va Apple Watch soatini audiooyozuv rejimiga qo‘ygan. Gazetaning qayd etishicha, smartfon "jurnalistning qo‘lidagi Apple Watch bilan sinxronlashgan".

"Natijada jurnalistning so‘roq qilinishi, qiynoqqa solinishi va o‘ldirilishi jarayoni iPhone’ga uzatilgan va avtomatik ravishda Apple iCloud’ga yuklangan. Xabar qilinishicha, Saudiya razvedkasi vakillari jurnalistning qo‘lidagi soatni payqab qolishgach, undagi yozuvlarni o‘chirishga urinishgan. Ammo ayrim yozuvlar saqlanib qolgan va ular o‘rganib chiqilganidan so‘ng qotillik amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan", — deb yozadi gazeta.

Payshanba kuni Washington Post gazetasi Turkiya AQShga jurnalistning qiynoqqa solingani va o‘ldirilganini isbotlovchi audio va videoyozuvlar mavjudligini bildirganini yozgandi. Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Xoshxoji 2 oktyabr kuni konsullik binosiga kirganidan so‘ng o‘ldirilgan va tanasi nimtalangan.

Washington Post gazetasida sharhlovchilik qiladigan Xoshxoji 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kirganidan so‘ng yo‘qolib qolgandi.

Saudiya hukumatining ta’kidlashicha, jurnalist konsullik binosidan chiqib ketganidan so‘ng yo‘qolib qolgan. Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni jurnalistning yo‘qolib qolishiga aloqador emasligini isbotlashi shartligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Xoshxojining o‘ldirilish jarayoni uning Apple Watch’iga yozilib qolgan