
Hindistonlik 8 yoshli Tilak Keysam ismli maktab o‘quvchisi rolikda uchish bo‘yicha ikkinchi marotaba jahon rekordini o‘rnatdi.
Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan ushbu antiqa rekordni o‘rnatish uchun yosh sportchi shpagat holatida, balandligi 30 sm bo‘lgan to‘siqlar ostidan, rolikda 145 metr masofani bosib o‘tdi.
Hindistonda yosh bolalar orasida ushbu sport turi – shpagat holatida rolikda uchish juda ommaviy sport turi hisoblanadi. Uning alohida nomi ham bor – Limbo skeyting.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar