12:43 / 29.10.2018
4 155

Putindan intervyu olgan telejurnalist kanaldan haydaldi

Putindan intervyu olgan telejurnalist kanaldan haydaldi
2017 yilda Rossiya prezidenti bilan intervyu uyushtirgan amerikalik telejurnalist Megin Kelli NBC dan haydaldi, deb xabar berdi Turon24 nashri RIA NOVOSTIga tayanib.

Megin Kellining ishdan ketishiga uning irqchilikka yo‘naltirilgan nutqi sabab bo‘lgan. Jurnalist “Bugun” (“Today”) tonggi dasturida AQShni haddan ortiq siyosiy ochiqlikda tanqid kilgan va amerikalik oq tanlilar omma noroziligiga uchrashiga qaramay, “blekfeys” (qora tanlilarning yuzida karikaturani ifodalovchi teatr grimi)ni ishlata olmasligini aytgan. Bu NBC telekanali rahbariyatiga yoqmagan.

“Megin Kelli endi yo‘q. U telekanalga boshqa qaytib kelmaydi”, deydi voqeadan xabardor bo‘lgan NBC telekanali mas’ul xodimlaridan biri.

“Ayni vaqtda biz xabarni qachon e’lon qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz, ammo menga ishoning Meginni endi NBC da ko‘rmaysiz” deb so‘zini davom ettirgan manba.

Nashrning xabar qilishicha, telejurnalist jonli efir vaqtida xatosini anglab, mojaroni ko‘zyoshi bilan hal qilmoqchi bo‘lgan, biroq bu naf bermagan.

Agar NBC Megin Kelli tomonidan intizomni buzish holati sodir etilganini isbotlay olmasa, telekanal jurnalistga bekor qilingan shartnoma uchun 69 mln dollar berishi kerak bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, telejurnalist telekompaniyadan 50 mln dollar talab qilgan. Telekanal bilan tuzilgan shartnoma tugashiga yana bir yil-u o‘n oy muddat qolgani uchun Megin Kelli kompaniyadan bir yil uchun 25 mln dollar undirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putindan intervyu olgan telejurnalist kanaldan haydaldi