Xitoyda korrupsiya ishi bo‘yicha bir umrga qamalgan bosh prokuror Chen Suy uning ishiga aloqador boshqa shaxslarni ham ma’lum qildi.
Nashr manbasining aytishicha, Chen Syuy tergovchilarga yana 100 kishining nomini ma’lum qilgan. Ularning aksariyatiga nisbatan tergov ishlari boshlab yuborilgan deb yozadi Kun.uz nashri.
U shu yilning 25 oktyabrida poraxo‘rlikda aybdor deb topilib bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Sudning bildirishicha, sobiq bosh prokuror 2000 yildan 2015 yilgacha o‘zi yoki oila a’zolari orqali 74,2 million yuan miqdoridagi (qariyb 11 million dollar) pul va ko‘chmas mulkni pora sifatida olgan.
Chen Suy shu yilning 1 mart kuni hibsga olingandi.
Xitoyda korrupsiyaga qarshi keng miqyosdagi kurash 2013 yil martda Si Szinpin XXR raisi etib saylanganidan so‘ng boshlandi. U bu yo‘lda “yo‘lbarsga ham, pashshaga ham zarba berishga”, ya’ni har qanday lavozimdagi amaldorni ayab o‘tirmaslikka chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi