Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kerch bo‘g‘ozida ro‘y bergan hodisani Kiyevning «aniq fitnasi», deb atadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xalqaro huquq me’yorlarini buzdi va bo‘g‘oz hududida kemalar harakati uchun xavf tug‘dirdi. «Qoidabuzarlik sodir bo‘ldi, boz ustiga, bu juda xavfli usullar bilan yuzaga keldi - tor bo‘g‘ozda manyovr qilish, albatta, bu suvlarda kemalarning normal harakati uchun xavf va tahdidlar uyg‘otdi», - deya ma’lum qildi Lavrov.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ukrainada harbiy holat joriy etilishini Kiyevning vaziyatdan «chiqishga bo‘lgan» urinishi, deya atadi. «Yaxshi bilasizlarki, harbiy holatni e’lon qilish jarayoni boshlandi, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov bu saylovlar o‘z vaqtida o‘tkazilmasligini anglatishini aytdi», - deya qayd etib o‘tdi Lavrov.
Shuningdek, u G‘arb davlatlarini Kiyevni ziddiyatni kuchaytirishdan tiyib turishga chaqirdi. «Biz Kiyevning g‘arbdagi homiylarini hozirgi harbiy jazavada Ukrainadagi kelgusi saylovlar va boshqa hodisalar munosabati bilan siyosiy ochko yig‘ishga urinayotganlarni tiyib qo‘yishga qat’iy chaqiramiz», - dedi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga talab qo‘ygandi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan go‘yoki ushbu davlat chegarasini buzgani uchun qo‘lga olingan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalaridagi dengizchilarni qaytarishni talab qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi