Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kerch bo‘g‘ozida ro‘y bergan hodisani Kiyevning «aniq fitnasi», deb atadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xalqaro huquq me’yorlarini buzdi va bo‘g‘oz hududida kemalar harakati uchun xavf tug‘dirdi. «Qoidabuzarlik sodir bo‘ldi, boz ustiga, bu juda xavfli usullar bilan yuzaga keldi - tor bo‘g‘ozda manyovr qilish, albatta, bu suvlarda kemalarning normal harakati uchun xavf va tahdidlar uyg‘otdi», - deya ma’lum qildi Lavrov.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ukrainada harbiy holat joriy etilishini Kiyevning vaziyatdan «chiqishga bo‘lgan» urinishi, deya atadi. «Yaxshi bilasizlarki, harbiy holatni e’lon qilish jarayoni boshlandi, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov bu saylovlar o‘z vaqtida o‘tkazilmasligini anglatishini aytdi», - deya qayd etib o‘tdi Lavrov.
Shuningdek, u G‘arb davlatlarini Kiyevni ziddiyatni kuchaytirishdan tiyib turishga chaqirdi. «Biz Kiyevning g‘arbdagi homiylarini hozirgi harbiy jazavada Ukrainadagi kelgusi saylovlar va boshqa hodisalar munosabati bilan siyosiy ochko yig‘ishga urinayotganlarni tiyib qo‘yishga qat’iy chaqiramiz», - dedi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga talab qo‘ygandi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan go‘yoki ushbu davlat chegarasini buzgani uchun qo‘lga olingan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalaridagi dengizchilarni qaytarishni talab qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Buyuk Britaniyada koronavirus vaksinasi tajribasida qatnashadiganlarga katta pul va’da qilindi

Lavrov Su-24 ga qilingan hujumni rejalashtirilgan provokasiya deb hisoblaydi

Ukraina Rossiya uchun havo hududini to‘liq yopishga qaror qildi

Ukraina va Xitoy 2,4 mlrd dollarlik valyuta svopi haqida kelishib oldi

AQSh desantchilari Ukraina harbiylari bilan mashg‘ulot o‘tkazadi

Rossiya FMX mehnat muhojirlari uchun patentlar muddatini 1 yillik qilib belgiladi