Germaniya poytaxti Berlinda tashkil etilgan ikki kunlik Islom konferensiyasida bufetda cho‘chqa go‘shti qo‘shilgan yeguliklar tarqatilgani bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
O‘n ikkinchi bor o‘tkazilgan konferensiyaning maqsadi Germaniyada yashovchi musulmonlar bilan muloqot hamda ularning moslashuv muammolarini muhokama qilish edi. Ammo millati turk bo‘lgan bir jurnalistning cho‘chqa go‘shti haqidagi xabari shov-shuvni keltirib chiqardi.
Ko‘pchilik konferensiya mezboni bo‘lmish Federal ichki ishlar vazirligini mas’uliyatsizlikda aybladi. Ichki ishlar vazirligi esa konferensiyada turli dinga mansub kishilar qatnashganini va bufetdagi 13 xil taom shunga ko‘ra tayyorlanganini bildirdi. Qayd etilishicha, nohalol ovqatlar alohida ajratilgan bo‘lgan.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi