08:27 / 07.12.2018
4 885

MDH davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi

MDH davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari 6 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida yil yakunlariga bag‘ishlangan norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev ham ushbu norasmiy uchrashuvda qatnashgan.

Tushlik vaqtida tashkil etilgan mazkur sammitdan oldin davlat rahbarlari suratga tushishgan. Uchrashuv mutlaqo norasmiy tarzda kechgani aytilmoqda. Sammit ishtirokchilari o‘zlari istagan mavzuda suhbatlashishgan, muzokaralar olib borishgan.

Kunning birinchi yarmida esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MDH davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi